7TECH yuqori sifatli brend bo‘lib, uning mahsulotlari dunyoning yetakchi zavodlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ayni paytda u Tashkent City Mall`da joylashgan shourumda namoyish etilmoqda. Bu yerda siz 12 toifadagi maishiy texnika modellarini uchta qatorda ko‘rishingiz mumkin — SILVER, GOLD va PLATINUM. Ular orasida o‘zining funksional xususiyatlari bilan hayotga yuqori texnologiyali kelajakni olib kirishni va undan bugungi kundayoq foydalanish imkoniyatini va’da qiladigan:

  • kir yuvish va idish yuvish mashinalari;
  • sovitkichlar;
  • konditsionerlar;
  • kiyim-kechak staylerlari;
  • kulerlar va oshxona uchun havo tortish uskunalari bor.

7tech, реклама

7TECH texnikasiga misollardan biri qo‘l ishoralari yordamida boshqariladigan havo tortish uskunasi, ikkinchisi — internetga ulanadigan planshet bilan jihozlangan sovitkich. Texnologik konditsioner havoni tozalaydi va yoqimli ifor taratadi, ikki kamerali kir yuvish mashinasi buyumlarni bir vaqtning o‘zida ikki xil rejimda yuvish imkonini beradi, kiyimlar uchun shkaf-stayler esa qo‘lda dazmollash zaruratini butunlay yo‘q qiladi. Ushbu texnologiyalarning barchasi sizga kundalik vazifalardan zavqlanish, vaqtni tejash imkonini beradi.

7tech, реклама

“7TECH ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy dizayn va ishonchlilikni o‘zida mujassam etuvchi eng yuqori sifatli mahsulotlarni yaratishga intiladi. Biz tushundikki, iste’molchilar ideal maishiy texnikani izlab, nafaqat shunchaki qurilma, balki funksionallik, innovatsiya va estetikani o‘zida birlashtirgan yuqori texnologiyali yordamchini sotib olishni xohlashadi. Bizning maqsadimiz qulay foydalanuvchi interfeysi va intuitiv funksiyalarga ega texnikani yaratishdir. Biz bularning barchasini birgina „7TECH. Kelajak. Bugun.“ iborasida qisqacha ifodaladik, bu brendni O‘zbekiston bozorida joylashtirish uchun asos bo‘ldi”, — dedi kompaniya vakili.

7tech, реклама

Brend maishiy texnikasi haqida batafsil ma’lumot bilan 7TECH saytida yoki iOS, Anrdoid va Android TV uchun ishlangan ilovasida tanishish mumkin. U yerda sevimli modellarni oldindan buyurtma qilishingiz ham mumkin.

7tech, реклама

Mahsulotlarning barcha assortimenti rasmiy kafolatga ega va servis to‘g‘ridan-to‘g‘ri 7TECH tomonidan taqdim etiladi. Shuningdek, foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida xarid qilingan texnikaning barcha kafolat talonlari mobil ilovada saqlanadi, u yerdan bevosita qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish imkoni mavjud.

Manzil: Tashkent City Mall, birinchi qavat.

Sayt: seventech.uz
Instagram: @7tech.uz
Telegram: t.me/seventech_uz

Reklama huquqlari asosida.