6−12-iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahri mezbonlik qilgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 1 ta oltin va 4 ta kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa sovrindorlari

Ayollar elita toifasida yakkalik poygasida:

  • Olga Zabelinskaya (oltin);
  • Yanina Kuskova (kumush).

Elita toifasida miks-eftafeta bahslarida kumush medal: Murodjon Xolmurodov, Daniil Yevdokimov, Begzod Raximboyev, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina.

Yoshlar o‘rtasida miks-eftafeta bahslarida kumush medal: Alimardon Jamoliddinov, Muxriddin Safarov, Begzod Baxodirov, Samira Ismoilova, Viktoriya Polzunova, Madina Davronova.

Qizlar o‘rtasida yakkalik dasturida: Samira Ismoilova (kumush).

Eslatib o‘tamiz, Olmaota shahrida o‘tgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagandi. Tailand ikkinchi, mezbonlar esa uchinchi o‘rinni olgan.