Siyosat
Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan innovatsion Ipak yo‘li qurishga umid qilmoqda — prezident Yun Sok Yol
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi.
“Odamlarga o‘zini ko‘rsatishga vaqt berish kerak” — Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart
Buyuk Britaniya elchisi “Gazeta.uz” bilan suhbatda mintaqadagi hamkorlik, statistik ma’lumotlarning siyosiy qarorlar uchun ahamiyati hamda odamlarga o‘zini ko‘rsatishga vaqt berish kerakligi haqida gapirdi. Elchi o‘zbek tilini bilishi mamlakatni yaxshiroq tushunishga yordam berishini ta’kidladi.
Toshkentga kelgan Koreya prezidenti va uning rafiqasini Abdulla Aripov kutib oldi
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birga Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi (foto).
Toshkent shahri hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sanjar Tadjiyev hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Iqtisodiyot
Jahon banki O‘zbekistonga 7,5 mln dollar grant ajratdi
Jahon banki O‘zbekistonga energotariflar islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ta’sirini yumshatish maqsadida 7,5 mln dollar miqdoridagi 1-transh mablag‘ini ajratdi. Grant xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun berilgan.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Stavkani o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror energiya tariflari o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlash maqsadi bilan izohlangan.
Toshkent aeroportida yangi fudkort maydoni kimoshdi savdosiga qo‘yildi
Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.
Xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yori 4 foiz bandga pasaytirildi
Markaziy bank xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yorini 4 foiz bandga pasaytirdi va 14 foiz darajasida belgiladi. Qaror banklarning likvidlik holatidan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirishga sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.
Jamiyat
Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaikaga ega shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin.
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Qurbon hayiti munosabati bilan 15, 16, 17-iyun kunlari Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 14−20-iyun kunlari Toshkentdan Xiva, Termiz, Shovot va Qo‘ng‘irotga boradigan poyezdlar vagonlari soni oshiriladi.
O‘zbekistonda bir oyda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan kamida 12 kishi javobgarlikka tortildi
O‘zbekistonda bir oyda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ular, asosan, O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan Binance onlayn birjasi orqali kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi
Chilonzor tumanida Malibu 2, Lacetti va Lada to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi voqea joyida vafot etdi.
Uchta hududda fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Toshkentda aka-uka 2 nafar fuqaroni 12 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi
Saudiya Arabistoni Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistonga 25 tonna xurmo yubordi. Xurmo ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.
“Saidaziz medgorodok” sudi: Advokatlar sudlanuvchilarni “Toshturma"ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi
“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan boshlangan ochiq sudda advokatlar sudlanuvchilarni poytaxt IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasidan Zangiotadagi “Toshturma"ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi. Sudya so‘rov o‘rganib chiqilishini bildirdi.
Sergelidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Samarqandda Cobalt bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
Bulung‘ur tumanida Damas qarama-qarshi tomondan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Madaniyat
O‘zbekcha YouTube — 2024-yil mayida: Traktorchi Ziyoda, haydovchi Islom Karimov, jiddiy Avaz Oxun
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. May oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.
Sport
Qozog‘istonda o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik veloshossechilar 5 ta medal oldi
Olmaota shahrida o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonlik sportchilar samolyotni siljitish tezligi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi (+foto, video)
O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining 7SABER brendi ostida ishtirok etgan olti nafar sportchidan iborat jamoasi Silk Avia`ning 13,5 tonna og‘irlikdagi samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib borib, Ginnes rekordini o‘rnatdi. Foto, video.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!