O‘zbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi jamoasi og‘irligi 13,5 tonna bo‘lgan Silk Avia ATR 72−600 laynerini 100 m masofaga 46,7 soniyada tortib borib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqdagi ma’lumot Guinness World Records saytida e’lon qilindi.

bodibilding, гиннес rekordlarи, Silk Avia, 7SABER

Rekord 15-may kuni Toshkent aeroportida Ginnesning rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi ishtirokida o‘rnatildi, deb xabar berdi Bodibilding va fitnes federatsiyasi “Gazeta.uz”ga.

Jamoa tarkibida Bekzod Xudoyqulov, Sherzodbek Gaynazarov, Farhod Dadamuxamedov, Umid Xusanov, Baxshulla Sayfullayev va Abrorbek Fozilovlar bor edi.

bodibilding, гиннес rekordlarи, Silk Avia, 7SABER

Federatsiya prezidenti Timur Sobirov 46,7 soniyani “misli ko‘rilmagan ko‘rsatkich” deb atadi va bu rekorddan o‘tish “juda qiyin” bo‘lishini ta’kidladi.

Rekord birinchi urinishdayoq o‘rnatildi. Guinness World Records`ga kirish sharti uni 60 soniya ichida ulgurish talabi edi. Dastlabki mashg‘ulotlar davomida sportchilar turli natijalarni ko‘rsatgan, biroq 15-may kuni ko‘rsatilgan 46,7 soniya eng yaxshisi bo‘lgan.

bodibilding, гиннес rekordlarи, Silk Avia, 7SABER

Jamoa 7SABER brendi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Uning bosh direktori Oraz Abdurazakov Ginnes rekordini o‘rnatish g‘oyasi 2021-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan bodibilding bo‘yicha jahon chempionati vaqtida paydo bo‘lganini ta’kidladi.