Samarqand viloyati Payariq tumanida 10-iyun kuni erkak qaynotasi va qaynonasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqdagi ma’lumotni “Gazeta.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati taqdim etdi.

Soat 12:00 atrofida J.M. ismli fuqaro (1988 y. t.) Nakurt mahallasida yashovchi qaynotasi R.J.ning (1962 y. t.) yashash uyiga kelgan. U turmush o‘rtog‘i Z.A. bilan oilaviy kelishmovchilik sabab janjallashish davomida dastlab qaynonasi N.J.ga (1964 y. t.), so‘ng qaynotasi R.J.ga oshxona pichog‘i bilan ko‘plab jarohatlar yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchilar voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari (Ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.