Siyosat

dayjest

O‘zbekiston va Koreya 7 ta yo‘nalishda strategik hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya kelgusi 3 yilda o‘ta muhim minerallar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, shaharsozlik, xavfsiz energetika — jami 7 ta yo‘nalishda hamkorlik qilmoqchi. 2025-yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb nomlash ham taklif etildi.


dayjest

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi

2019-yildan beri Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab kelgan Sunario Kartadinata 74 yoshida Toshkentda vafot etdi. U bir vaqtning o‘zida Qirg‘izistondagi elchi ham edi.


dayjest

Foto: Ko‘ksaroyda Koreya prezidentini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.


dayjest

O‘zbekiston va Koreya hamkorlikning yangi modelini shakllantiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, yirik yuqori texnologik loyihalarni aniqlash va yangi sheriklik modelini shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishdi.


dayjest

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 17 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari alohida strategik sheriklikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi. Shuningdek, 17 ta hujjat imzolandi: Hyundai Rotem poyezdlari xaridi, maktablarni jihozlar bilan ta’minlash, innovatsion farmatsevtika klasterini yaratish, JST doirasida hamkorlik va boshqalar.


dayjest

“Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammit Seulda 2025-yil o‘tkaziladi

O‘zbekiston prezidenti 2025-yil Seulda “Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkazish taklifini ma’qulladi. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.


dayjest

Uchqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi

Fevral oyida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan Muhammad Haydarov “yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar” sabab lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Dilshod Mirxanov egalladi.


Iqtisodiyot

dayjest

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Hyundai Rotem elektropoyezdlar xaridi bo‘yicha shartnoma imzolaydi

Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Toshkent — Urganch — Xiva” yangi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi Hyundai Rotem elektropoyezdlarini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuv imzolanadi. Jami oltita poyezd sotib olish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish bo‘yicha konsultant tanlovi e’lon qilindi

“Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo to‘lov tizimi) ustav kapitalidagi davlat ulushining 100 foizini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni tashkil etish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini tanlash yuzasidan tanlov e’lon qilindi.


dayjest

O‘zbekiston Koreyaning infratuzilma va shaharsozlik sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishdan manfaatdor — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston-Koreya biznes forumida Shavkat Mirziyoyev “yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanayotganini aytdi. Infratuzilma va shaharsozlik, transport, mashina butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, xomashyoni qayta ishlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.


Jamiyat

dayjest

“Bizga qamalganining foydasi yo‘q”. Sudda “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Munira Kariyevaning tovon puli to‘lashiga rozi ekanini aytmoqda

“Dok-1 Maks” ishiga oid apellyatsiya sudida Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva o‘g‘lini uy qamog‘iga o‘tkazish evaziga 75,6 mlrd so‘mlik tovon pulini to‘lashni boshlashni so‘radi. Jabrlanuvchilarning otalari moliyaviy ahvoli sababli buni qabul qilmoqchi. Ajrim hali chiqmadi. Batafsil — “Gazeta.uz” reportajida.


dayjest

Bayram kunlari havo 39 darajagacha isiydi

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, 32−35 daraja issiq atrofidagi qulay harorat kuzatiladi. 16−18-iyun — Qurbon hayiti bayrami kunlarida esa harorat ko‘tarilib, 36−39 darajagacha, ayrim joylarda +41 darajagacha bo‘ladi. Kechki vaqtlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.


dayjest

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi. U 1993-yildan buyon Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.


dayjest

Tamaraxonim uy-muzeyidagi raqqosaning liboslari restavratsiya qilindi (foto)

Toshkent shahridagi Tamaraxonim uy-muzeyida taniqli raqqosaning sahna liboslarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari olib borildi. Ishlar muzeyni kapital ta’mirlash va qayta tiklash dasturi doirasida amalga oshirildi. Foto.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora olishda gumonlanmoqda

Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan iPhone 15 Pro Max telefonini olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda. Mansabdor so‘ralgan telefonni olib kelmasa, fuqaroning shaxsiy sirini fosh qilib, uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan.


dayjest

2024−2025 o‘quv yilida oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 43 foizdan oshadi — oliy ta’lim vaziri

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov kelgusi o‘quv yilida bakalavriatga umumiy qabul kvotalari 200 mingdan ortiq bo‘lishini ma’lum qildi. Bu esa oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 43 foizdan oshishini ta’minlaydi, dedi u.


dayjest

Qurbon hayiti kunlari So‘qoq, Qiziltog‘ va Chimyonga boruvchi yo‘llarda bir tomonlama harakat tashkil etiladi

16−17−18-iyun kunlari Parkent tumanining So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga va Bo‘stonliq tumanining Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi yo‘llarda avtomobil harakati bir tomonlama tashkil etiladi.


dayjest

IndiGo 17-avgustdan Dehli va Toshkent o‘rtasida parvozlarni har kuni amalga oshiradi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 17-avgustdan Dehli va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshiradi.


dayjest

Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashdi, 4 kishi jabrlandi

Toshkentda 131 va 58-yo‘nalishdagi ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashuvi oqibatida to‘rt kishi jabrlandi. YTH sababi — oraliq masofani saqlamaslik.


Madaniyat

dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (15−18-iyun)

To’qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, “Comic Con Tashkent” festivali, spektakllar, ko’rgazmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


Sport

dayjest

Yevro-2024: Superkompyuter guruh favoritlarini aniqlab berdi

Yevro-2024 boshlanishiga oz qoldi. Turnirda qaysi jamoa favorit ekanini ko‘pchilik muhokama qilmoqda. “Taktika” jamoasi Opta tahlillariga asoslanib, Yevropa chempionatining guruh bosqichi natijalari bo‘yicha taxminlarni ko‘rib chiqdi.


Jahon

dayjest

AQSh va Ukraina 10 yillik xavfsizlik shartnomasini imzoladi

AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy G7 sammiti doirasida ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi. U 10 yilga mo‘ljallangan va Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishida “ko‘prik” sifatida ko‘rilmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!