14-iyunda Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Ipoteka-bank”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda xalqaro ishbilarmon “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi hamkorligida “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan ayollarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, loyiha biznes rejasini tayyorlash, buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, faoliyatida savdo unumdorligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish va raqamlashtirish kabi mavzularda tajribali ayol tadbirkorlar tomonidan maslahatlar berildi. Shuningdek, qatnashchilarda o‘z sohasida kuzatilayotgan kamchiliklarni to‘g‘ri bartaraf etish yo‘llari yuzasidan zamonaviy ayol tadbirkorlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoni ham bo‘ldi.
Tadbir davomida “Ipoteka-bank” tomonidan ayol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdim etilayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumotlar berilib, fikr almashildi.
Reklama huquqlari asosida.