Yangi Alfraganus savdo-ko‘ngilochar majmuasida KFC`ning O‘zbekistondagi 24-restorani ochilishini bo‘lib o‘tdi. Bu mazali va sifatli yegulik ixlosmandlari uchun yoqimli hodisa, axir endilikda KFC taomlaridan bahramand bo‘lish yanada qulay va yaqinroq bo‘ldi.
Alfraganus SKMda KFC restorani har kuni ertalab 10:00 dan kechki 22:00 ga qadar dam olish kunlarisiz ishlaydi. Shuningdek, quyidagi havola orqali yetkazib berish xizmati mavjud. Bu endi Toshkentning Mirobod tumanida buyurtmalarni tezroq va qulayroq olib, KFC ta’midan bevosita uyda yoki ofisda bahramand bo‘lish mumkinligini anglatadi.
Yangi KFC restoranida ommabop My Bucket aksiyasi amal qiladi — har bir mehmon bor-yo‘g‘i 25 ming so‘m evaziga o‘z tanloviga ko‘ra basket yig‘a oladi. Bu KFC`dan turli taomlarni hamyonbop narxlarda tatib ko‘rish va uni do‘stlar hamda yaqinlar bilan baham ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat.
Shuningdek, KFC yozning jazirama kunlarida har bir insonga mazali salqinlikni taqdim etish uchun yozgi menyuda ko‘plab yangiliklar va mazali ta’mlarni tayyorladi:
- “Qulupnay” va “Mango-marakuyya” limonadlari chanqoqni qondirib, tetiklik baxsh etuvchi ta’mni hadya qiladi.
- “Rojok” muzqaymog‘i shirinliksevarlar uchun ayni muddao bo‘lib, atigi 6000 so‘m evaziga talaygina muzqaymoq taqdim etiladi.
- milksheyklar va turli desertlar esa sizga yoqimli ta’mdan rohat baxsh etadi.
Alfraganus SKMdagi KFC restorani sizga sifat, ta’m va qulaylikni uyg‘unlashtiruvchi betakror tajribani taklif etishga tayyor. KFC nafaqat sevimli klassika, balki ko‘nglingizga yo‘l topuvchi turli xil yangiliklarni taklif qilgan holda, har bir tashrifingizni o‘ziga xos va unutilmas qilishga intiladi. KFC restoranlari Halol sertifikatiga ega, bu barcha masalliqlar va jarayonlar ham xalqaro standartlarga, ham belgilangan Halol standartlariga to‘liq muvofiqligini anglatadi.
Alfraganus SKMdagi yangi KFC restoraniga tashrif buyurib, mazali taomlar va ajoyib muhitdan bahramand bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan ma’qul.
Reklama huqulari asosida.