14-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi.

Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.

Foto

корея республикаси, шавкат мирзиёев, юн сок ёл

Video