3−14-iyun kunlari professional o‘zbek raqsi asoschilaridan biri, qo‘shiqchi, baletmeyster Tamaraxonim uy-muzeyida taniqli raqqosaning sahna liboslarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari olib borildi, deb xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.

Jarayonga Milliy meros instituti (Fransiya) mutaxassislari jalb etildi. Unga texnik ekspert va madaniy merosni saqlash bo‘yicha mutaxassis Patrisiya Verges hamda to‘qimachilik buyumlari konservator-restavratori Patrisiya Dal-Pra rahbarlik qildi.

“Muzey ko‘rgazmasida raqqosaning hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘lchovlariga mos keladigan liboslar bilan bir qatorda vitrinalar ham mavjud. Kostyumlarni qayta tiklash ishlari nozik va qiziqarli, eksponatlar turli materiallardan iborat, biz bunday buyumlarni faqat Fransiyadagi ke Branli muzeyida uchratganmiz”, — deydi Patrisiya Verges o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlasharkan.

Restavratsiya ishlari Tamaraxonim uy-muzeyini kapital ta’mirlash va qayta tiklash dasturi doirasida jamg‘arma ko‘magi bilan Milliy meros instituti va Madaniy meros agentligi bilan birgalikda amalga oshirildi.

Foto

маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, тамарахоним, uy-музей

Avvalroq Tamaraxonim tavalludiga 117 yil to‘lgani munosabati bilan “Gazeat.uz” xonimni xotirlash maqsadida mazkur uy-muzeyda bo‘lib, fotoreportaj tayyorlagandi.