Toshkent shahri Uchtepa tumanida Mercedes-Benz rusumli transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar qildi.
2024-yilning 15-iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani THAY ko‘chasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida, Mercedes-Benz rusumli transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli, yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.