Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Samarqand shahrida “BMT Turizm” (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi va Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Butunjahon turizm tashkiloti Zurab Pololikashvili ayni vaqtda amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekiston hamda BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda Samarqandda 2023-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan tashkilotning 25-sessiyasida erishilgan kelishuvlarni va ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilingani yuksak baholandi.

Tashkilot zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va O‘zbekistonga sayyohat qilishni ommalashtirish bo‘yicha O‘zbekistonning strategik hamkoriga aylangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar va obyektlarni barpo etish, ziyorat va madaniy-ma’rifiy turizmni, jumladan ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlar Samarqandda faoliyat yuritayotgan Xalqaro turizm akademiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mehmondo‘stlik va servis sohasida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonga turizm yo‘nalishini ommalashtirish maqsadida mahalliy turoperatorlarning yirik xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlik kengaytirilishi rejalashtirgan.

Shundan so‘ng, prezident muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Tashrif davomida Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Prezident va ulamolar o‘rtasidagi suhbatda ilm-ma’rifat rivoji uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.

бмт turizm, buтунжаҳон turizm tashkiloti, зураб пололикашвили, имом buхорий мақбараси, prezident

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Prezident bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng prezidentning Samarqandga tashrifi yakunlandi va davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.