Tarmoqlarda Toshkent shahri Bektemir tumanida elektrobus haydovchisi va bir necha kishilar janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt IIBB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, holat 16-iyun kuni soat 15:30 da Husayn Boyqaro shohko‘chasida sodir bo‘lgan. Elektrobus haydovchisi — 35 yoshli Sh. Sh. va Nexia 2 haydovchisi — 52 yoshli R.I., “ZAZ-1102” haydovchisi F.Z. o‘rtasida janjal yuz bergan.
Videolarda avtobus haydovchisini bir necha kishi kaltaklayotganini ko‘rish mumkin.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgani sababli kelib chiqqan.
Holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.