10−17-iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi Kreiss kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Kreiss — 1994-yilda tashkil etilgan, Latviya logistika xizmatlari bozorida yetakchi kompaniya.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.

kreiss, латвия

Kreiss va Tashqi mehnat migratsiya agentligi o‘rtasida Latviyaga 600 nafar haydovchini uyushgan tarzda ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Vatanparvar” tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o‘tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishlari va YeI davlatlarida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi xabarda.