Beeline Uzbekistan aloqa operatori abonentlari 18-iyun kuni tushdan keyin mobil internet bilan bog‘liq muammolar haqida xabar bera boshladi.

Kompaniya saytidagi ma’lumotga ko‘ra, tarmoqda avariya-tiklash ishlari o‘tkazilmoqda. Yangilik e’lon qilgan vaqtimizda ham (14:36) mobil internet ishi tiklangani yo‘q edi.

Bundan tashqari, ba’zi foydalanuvchilar SMS yuborish va qabul qilish imkonsizligi haqida xabar bermoqda. USSD xizmati ishlamoqda.

Ba’zi abonentlarda internet xizmatlari va boshqa servislar ishlashi bilan bog‘liq qisqa vaqtli uzilishlar kuzatilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Soat 16:00 dan keyin kompaniya avariya holatini tiklash ishlarini yakunlagani haqida xabar berdi.

“Mobil internet va boshqa xizmatlar barqaror holatga qaytdi. Bonuslar ham ulashiladi. Bu haqda alohida xabar beramiz”, — deyiladi xabarda.