17-iyun kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida Nexia 2 avtomashinaci Janubiy Mirzacho‘l kanaliga qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi ko‘prikdan o‘tish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil chap yo‘nalishdagi ko‘prik to‘sinlarini buzib o‘tib, suvga qulagan. Haydovchidan tashqari salonda yana to‘rt kishi bo‘lgan.

Viloyat Favqulodda qutqaruv guruhi haydovchi va 3 nafar yo‘lovchining jasadlarini hamda mashinani topib, suvdan olib chiqqan. Hozirda 1 nafar yo‘lovchini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.