Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida transport bog‘lamasi qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi, deb xabar qildi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati.

YHXXYHXX

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘lari va Chorvoq suv ombori tomon harakatlanish uchun ushbu chorrahada tunnel ishga tushdi. Tunneldan o‘tish uchun ikki tomondan kelishda asosiy yo‘lning o‘ng tarafidagi qo‘shimcha tarmoqdan harakatlanish kerak.

Endi haydovchilar Yangi O‘zbekiston va 4R12 yo‘llari chorrahasida yuzaga keladigan katta tirbandliklarda turishlari shart emas.

4р12, бўстонлиқ, tunnel, янги ўзбекистон

Tunnel orqali og‘ir vaznli avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorraha bo‘ylab harakatlanishi kerak.

YHXX haydovchilarga harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar mavjudligini ham eslatib o‘tdi.

4р12, бўстонлиқ, tunnel, янги ўзбекистон

“Gazeta.uz” kelajakda poytaxtni Yangi Toshkent bilan bog‘laydigan chorraha o‘rnida svetoforsiz harakatlanish uchun yo‘l bog‘lamasi qurilishi boshlanganini yozgandi.

4р12, бўстонлиқ, tunnel, янги ўзбекистон

Ochilgan tunneldan tashqari Parkent-Toshkent yo‘nalishida ham yana bir tunnel qurish rejalashtirilgan.