Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 1995-yilda tug‘ilgan ayol o‘z uyida o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan 29 yoshli R.Q. 10-iyun kuni oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik tufayli yashash uyi hovlisida o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan.

Hodisa oqibatida ayol vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning 4 nafar farzandi bo‘lgan.