Siyosat
“O‘zenergosotish” kompaniyasiga rahbarlar tayinlandi
“O‘zenergosotish” kompaniyasiga Jahongir Obidjonov rais, Shohruh Karabayev esa uning birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi. Tashkilot o‘z ishini 1-iyuldan boshlaydi va elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda sotish funksiyasini bajaradi.
Iqtisodiyot
Davlat monopoliyalarining xususiy monopoliyaga aylanishi riski bor — Farrux Karabayev
Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yangi o‘yinchilarning kirib kelishidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali ichki bozorlarni ochishga chaqirdi. Uning aytishicha, samarasiz davlat korxonalarining ulushlari xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tganda, monopoliyaning yanada yomonroq versiyasi yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekistonda zargarlik sanoati uskunalariga bojxona boji va QQSning nol stavkasi belgilanishi mumkin
Prezidentga O‘zbekiston zargarlik sanoatini rivojlantirish, jumladan, hunarmandlar uchun imtiyozlarni YATTlarga ham qo‘llash, asbob-uskunalar uchun bojxona bojini nol qiymatda belgilash, shuningdek, zargarlik buyumlarini AQShga GSP tizimi asosida eksport qilish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
Jamiyat
Ish haftasi oxirigacha issiq havo saqlanib turadi
O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 34−39 daraja, ba’zi hududlarda +41 darajagacha issiq bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, chang-to‘zonli shamollar esishi etimoli bor.
Namanganda sel vaqtida 2 qizni devor bosib qoldi, ularning biri halok bo‘ldi
Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda sezildi
Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball). Shu vaqtda Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi
Qozog‘istonda erkak o‘z vasiyligidagi o‘zbekistonlik qiz jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi. Hozirda 12 va 17 yoshli qizlarga vasiy tayinlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Jizzaxda fuqaroni AQShga yuborishini aytib, Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi
Jizzax shahrida fuqaroni 14 300 dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, Janubiy Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi. U Afrikada chorasiz qolib ketgan fuqaroning vaziyatini o‘nglash uchun yana 6700 dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.
O‘zbekistondagi oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning maoshini sentabrdan oshirish taklif etildi
Prezident ta’lim sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.
Qoraqalpog‘istonda bog‘cha tarbiyalanuvchilari YTHga uchradi, jarohatlanganlar bor
Beruniy tumanida o‘nlab bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nukusda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi
Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqaroni majburan shifoxonaga joylashtirib, uning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi.
“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.
RFga kirish va “Sheremetevo” orqali tranzit o‘tishda o‘zbekistonliklar uzoq tekshiruvlarga duch kelmoqda — elchixona
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi RFga kirishda yoki Moskvaning “Sheremetevo” aeroporti orqali tranzit o‘tishda ko‘pga cho‘zilayotgan tekshiruvlar tufayli fuqarolardan qiyinchiliklar yuzaga kelayotganiga doir murojaatlar ko‘payganini bildirdi. Elchixona vaziyatga oydinlik kiritish uchun RF TIVga murojaat yubordi.
Jahon
Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Bloomberg
Germaniya hukumati O‘zbekiston bilan Germaniyadan afg‘on qochqinlarini deportatsiya qilish imkonini beruvchi kelishuvni tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda Bloomberg. Bunday kelishuv Berlinga “Tolibon” bilan bevosita kelishuvlardan tiyilish imkonini beradi.
Saudiya Arabistonida Hajga borgan kamida 550 ziyoratchi jaziramadan vafot etdi
Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida jazirama tufayli kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. 17-iyun kuni Makka shahrida havo harorati +52 darajagacha ko‘tarildi.
Rossiya va KXDR strategik sherikchilik to‘g‘risida shartnoma imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzoladi. Hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz qilinganda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!