11-iyun kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 17:09 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4,2. Chuqurlik — 10 km. Epitsentr — Toshkentdan 170 km janubi-g‘arbda.

Hodisa kuchi Namangan viloyatidagi tumanlarda, jumladan, Yangiqo‘rg‘on (2−3 ball), Kosonsoy va Chust tumanlarida (2 ball) sezildi.

Shu vaqtda Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.