Toshkent shahri Yangihayot tumani hududidan o‘tuvchi Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan fuqaro hayoti saqlab qolindi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha atrofda xizmat vazifasini olib borayotgan FVB qutqaruvchilari uni ko‘rib qolgan. Ular fuqaroni suvdan olib chiqib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani qayd etildi.

Ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotgani sababli muvozanatni yo‘qotib, o‘zi ham oqib ketgan, deya holat aniqlik kiritdi FVV.