FIFA 20-iyun kuni terma jamoalar reytingini yangiladi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 pog‘onaga yuqorilab, 62-o‘rinda qayd etildi.

Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (17-o‘rin), Eron (20), Janubiy Koreya (22), Avstraliya (23), Qatar (35), Iroq (55) va Saudiya Arabiston (56)dan keyin 8-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston 4-apreldan to 20-iyungacha 10.83 FIFA ochkolarini jamg‘argan.

Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda. Kuchli o‘nlikda, shuningdek, Braziliya, Angliya, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Xorvatiya va Italiya joy olgan.

O‘zbekiston Jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida Turkmanistonni mag‘lub etdi, Eron bilan durang o‘ynadi.