Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Oqsoy tog‘iga chiqib, adashib qolgan to‘rt nafar fuqaroga yordam berdi. Bu haqda 19-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

фвв

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolar “Kichik Oqsoy” tog‘ining, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ekanliklari aniqlanib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.

фвв

Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.