Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi Q.N. (ayol) ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan M.M. (ayol) uning ishonchiga kirib, o‘zining 2 nafar bolasini (2024-yilda tug‘ilgan 2 oylik go‘dak va 2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar) tashlab ketganini bildirib Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi.

U M.M. 45 kun avval tashlab ketgan bolalarni o‘zi boqib kelayotgani, shu muddat ichida ona biron marta ham bolalardan xabar olmaganini bayon etgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Ikki voyaga yetmagan bolalar uyiga (3 yoshgacha bolalar uchun umumiy tipdagi) vaqtincha joylashtirilgan.

“Hozirda M.M. bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, uning qaramog‘ida bo‘lgan kichik yoshdagi farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmagani holatiga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda”, — deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.