1-avgustga qadar Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasi (Toshkent halqa yo‘li) kengaytirilishi munosabati bilan Buyuk Turon ko‘prigi (Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi) o‘rnida aylanma yo‘l tashkil etildi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ma’lum qildi.

Avtomobillar harakatini tartibga solish maqsadida chorrahalarga maxsus svetoforlar o‘rnatildi.

Ma’lumot uchun, Temur Malik ko‘chasining yo‘l o‘tkazgich ostidagi qismi to‘rt tasmali olti qatorga kengaytirilmoqda. Uning chetida joylashgan xususiy uylarni buzib, ular o‘rnida ko‘p qavatli uy va xizmat ko‘rsatish binolari qurish reja qilingan.