Siyosat
Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23−26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezidentlar do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, Xiva shahriga ham boradi.
Olimjon Umarov raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Olimjon Umarov O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avvalroq ushbu lavozimda va bosh vazirning AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.
Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta'minot” raisi v.b. bo‘ldi
Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta'minot” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror lavozimiga qayta tayinlandi
2019-yildan beri bosh prokuror lavozimida ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana 5 yil muddatga lavozimiga qayta tayinlandi.
Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi bo‘ldi
Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi. U bunga qadar Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda
Prezident qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Avvalroq sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida loyiha ofislari tashkil etilgan edi.
O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchisi ish boshladi
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning Toshkentga tashrifi arafasida Daadanxuu Batbaatar ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topildi
Raqobat qo‘mitasi 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etilganini ma’lum qildi. Ular orasida “Farg‘onaazot” (superfosfat bo‘yicha), Gazli Gas Storage (tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish bo‘yicha) va boshqalar bor.
Senat banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga doir qonunlarga tuzatishlarni ma’qulladi
Senatorlar bank sohasidagi bir qator qonunlarga kiberxavfsizlikni kuchaytirishga doir tuzatishlarni ma’qulladi. Ushbu tuzatishlar, xususan, Markaziy bankka kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va valyuta birjalari tomonidan kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash vakolatini beradi.
Uzbekistan Airways logotipini yangilaydi, biroq an’anaviy livreyasini saqlab qoladi
Uzbekistan Airways yangilangan logotipini namoyish etdi. Kompaniya uni tubdan o‘zgartirmadi, balki zamonaviy tendensiyalarga muvofiq yangiladi. Tashuvchi, shuningdek, livreyasi — samolyotlar tashqi ko‘rinishini ham saqlab qolishga qaror qildi. Bundan tashqari, yangi shior — “Markaziy Osiyo qanotlari” taqdim etildi.
Jamiyat
PISA doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasi o‘rganildi. O‘zbekistonning natijalari
15 yoshli maktab o‘quvchilarining kreativ (ijodiy) fikrlashini baholash bo‘yicha PISA-2022 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Toshkentda yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi
JIB Shayxontohur tumani sudi jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigitga nisbatan 15 sutka qamoq va 3,4 mln so‘m jarima belgiladi. Unga qo‘yilgan 3 ta huquqbuzarlik ayblovining bittasi ortiqcha rasmiylashtirilgan deb topildi.
Dam olish kunlari issiq harorat saqlanib qoladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
22−23-iyun kunlari O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni o‘zgarmaydi, kechalari 20−25 daraja, kunduzi 34−39 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol kuchayishi ehtimoli bor.
Toshkentda Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik o‘rnida aylanma yo‘l tashkil etildi
Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasining (Toshkent halqa yo‘li) Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik o‘rnida vaqtincha aylanma yo‘l tashkil etildi. Hududda 1 avgutsga qadar rekontsruksiya ishlari olib boriladi.
Jizzaxda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada tarbiyachi bolalarni haqoratlab, ularni oyoq kiyim bilan kaltakladi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.
Toshkentda ayol 2 o‘g‘lini tanishiga tashlab ketdi, ular bolalar uyiga joylashtirildi
Olmazor tumanida ayol ijtimoiy tarmoqda tanishgan boshqa ayolga ikki nafar farzandini tashlab ketib, 45 kun davomida xabar olmagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ona bilan aloqa o‘rnatilgan. U tashlab ketgan farzandlari bolalar uyiga joylashtirildi.
Internetda giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekistonda internet orqali giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini tarqatganlik, reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilamoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Toshkent viloyatida IIB binosiga olib ketilgan erkak vafot etdi
Bekobod tumanida ukasining sud majlisida janjal ko‘tarib, IIBga olib ketilgan erkak “binoga kirish yo‘lagida” hushini yo‘qotdi. Shifoxonaga olib borilganda uning vafot etgani aniqlangan. IIV buning favqulodda holat sifatida ko‘rilishi va har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganilishini bildirdi.
Ombudsman IIB binosiga olib ketilgan erkakning vafoti ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Bekobodda “IIB binosiga majburiy olib ketilgan” aka-ukaga nisbatan kuch ishlatilganligi, ulardan birining vafoti holatini o‘rganmoqda. Vakil voqeaning barcha jihatlari qonun talablari doirasida ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda.
Madaniyat
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (22−23-iyun)
To‘qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, noyob buyumlar yarmarkasi, rumin va o‘zbek kostyumlari ko‘rgazmasi, teatr namoyishlari va ijodiy mahorat darslari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Sport
Yevro-2024 stadionlari: ular bilan qanchalik tanishsiz?
Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlari Germaniyadagi 10 ta stadionda o‘tkazilmoqda. Ularning ayrimlari ishqibozlarga ancha tanish. “Taktika” jamoasi mazkur o‘yingohlar bo‘yicha jamlanmani taqdim etadi.
Jahon
Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi
Armaniston Falastinni davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi “ikki davlat” tamoyilini Isroil-Falastin mojarosini hal qilishning yagona yo‘li deb atadi.
Chernogoriya, Bosniya, Xorvatiya va Albaniyada keng masshtabdagi blekaut yuz berdi
Chernogoriya, Bosniya, Albaniya hamda Xorvatiyaning Adriatika dengizi qirg‘oqlaridagi katta qismida keng masshtabli blekaut yuz berdi. OAV to‘rt mamlakatning barcha qismlarida elektr uzilishlari haqida yozmoqda.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!