Uzoq kutilgan Yevro-2024 ham start oldi. 24 ta terma jamoa, 51 ta murosasiz bahs, cheksiz hissiyotlar — bularning barchasi Germaniyaning 10 ta stadionida bo‘lib o‘tadi. Albatta, biz klublar miqyosida Germaniyadagi stadionlarning ayrimlarini tanib ulgurganmiz. “Bavariya”ning “Alyans Arena”si yoki “Borussiya Dortmund”ning “Signal Iduna Park”i o‘zining ajoyib performanslari bilan muxlislar yodida qolgan.

Yevropa chempionati doirasida ham ushbu stadionlarda o‘yinlar o‘tkaziladi. Xo‘sh, siz bu stadionlarni qanchalik yaxshi bilasiz? Keling, ularni tanishtiramiz:

  1. “Olimpiastadion” (Berlin);
  2. “BVB-Stadion” (Dortmund);
  3. “Dyusseldorf Arena” (Dyusseldorf);
  4. “Frankfurt Arena” (Frankfurt-na-Mayne);
  5. “Arena AufShalke” (Gelzenkirxen);
  6. “Folksparkstadion” (Gamburg);
  7. “Kyoln Stadion” (Kyoln);
  8. “Leypsig Stadium” (Leypsig);
  9. “Alyans Arena” (Myunxen);
  10. “Shtutgart Arena” (Shtutgart).

“Olimpiastadion”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Germaniya poytaxtida joylashgan mazkur stadion sig‘imi 71 ming nafarni tashkil etadi. “Gerta” jamoasining uy o‘yinlari o‘tkaziluvchi arena 1936-yilda qurib bitkazilgan. Shundan so‘ng esa ikkita mundial oldidan — 1974 va 2006-yillarda ta’mirlangan.

Ushbu stadionda 2006-yilgi Jahon chempionati finali o‘tkazilganini bilasizmi? Ha, bu — o‘sha Zidan “kalla qo‘ygan” uchrashuv. Italiya — Fransiya terma jamoalari ishtirokidagi final bahsi ko‘plab futbol muxlislari yodida bo‘lsa kerak. “Olimpiastadion” ayni shu bahsga mezbonlik qilgan.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Mazkur stadionda Yevro-2024`ning quyidagi o‘yinlari, jumladan, final bahsi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan:

  • 15-iyun, 21:00. “V” guruhi. Ispaniya — Xorvatiya
  • 21-iyun, 21:00. “D” guruhi. Polsha — Avstriya
  • 25-iyun, 21:00. “D” guruhi. Niderlandiya — Avstriya
  • 29-iyun, 21:00. 1/8 final: “A” guruhi 2-o‘rin sohibi — “V” guruhi 2-o‘rin sohibi
  • 06-iyul, 00:00. ¼ final
  • 14-iyul, 00:00. Final

“BVB-Stadion”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Ha, bu — o‘sha mashhur, dunyoga muxlislari va har o‘yin boshlanishidan avval “You'll Never Walk Alone” madhiyasi bilan tanilgan stadion. Dortmundning “Borussiya”si uy o‘yinlarini o‘tkazuvchi ushbu arena 62 ming nafar muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. 1974-yilda foydalanishga topshirilgan stadion keyinchalik to‘rt marta rekonstruksiya qilingan.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Mazkur arenada bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda har doim anshlag bo‘ladi. Germaniyadagi sanoqli stadionlar qatori “BVB-Stadion” ham qator katta o‘yinlar guvohi bo‘lgan desak, xato bo‘lmaydi. Jumladan, ayni 2006-yilgi JCHning yarim final o‘yini — Germaniya Italiyaga mag‘lub bo‘lgan bahs ushbu stadionda o‘tkazilgan edi.

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 15-iyun, 00:00 “V” guruhi. Italiya — Albaniya
  • 18-iyun, 21:00. “F” guruhi. Turkiya — Gruziya
  • 22-iyun, 21:00. “F” guruhi. Turkiya — Portugaliya
  • 25-iyun, 21:00. “D” guruhi. Fransiya — Polsha
  • 29-iyun, 00:00. 1/8 final. “A” guruhi 1-o‘rin — “S” guruhi 2-o‘rin
  • 10-iyun, 00:00. ½ final

“Dyusseldorf Arena”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Qurib bitkazilganiga 20 yil bo‘lgan ushbu stadion o‘z bag‘riga 47 ming nafar muxlisni sig‘diradi. “Fortuna” klubi mazkur o‘yingohda o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 17-iyun, 00:00. “D” guruhi. Avstriya — Fransiya
  • 21-iyun, 18:00. “Ye” guruhi. Slovakiya — Ukraina
  • 24-iyun, 00:00. “V” guruhi. Albaniya — Ispaniya
  • 1-iyul, 21:00. 1/8 final. “D” guruhi 2-o‘rin — “Ye” guruhi 2-o‘rin
  • 6-iyul, 21:00. ¼ final

“Frankfurt Arena”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

So‘nggi yillarda ushbu stadion omma e’tiboriga tez-tez tusha boshladi. Bunga sabab “Ayntraxt” klubi mazkur arenada o‘z uy uchrashuvlari o‘tkazadi. Klub esa nafaqat Bundesligada, balki xalqaro maydonlarda ham anchagina grand jamoalar boshiga og‘riq bo‘lmoqda.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Stadionga to‘xtaladigan bo‘lsak, 47 ming nafar muxlis bir vaqtning o‘zida futbol uchrashuvlarini kuzata oladi. 1925-yilda qurib topshirilgan arena qariyb bir asr mobaynida xizmat qilib kelmoqda.

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 17-iyun, 21:00. “Ye” guruhi. Belgiya — Slovakiya
  • 20-iyun, 21:00. “S” guruhi. Daniya — Angliya
  • 23-iyun, 00:00. “A” guruhi. Shveysariya — Germaniya
  • 26-iyun, 21:00. “Ye” guruhi. Slovakiya — Ruminiya
  • 1-iyul, 00:00. 1/8 final. “F” guruhi 1-o‘rin — A/B/C guruhlari 3-o‘rin

“Arena AufShalke”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Yevro-2012 finalchilarining joriy turnirdagi o‘zaro o‘yinini ayni mazkur stadionda ko‘rish mumkin. 2001-yilda bitkazilib foydalanishga topshirilgan stadion 50 ming nafar muxlisni sig‘dira oladi. “Shalke 04” klubi o‘z uy uchrashuvlarini mazkur arenada o‘tkazib keladi. Ha, o‘z vaqtida Ozil, Noyer, Xuntelar, Draksler kabi futbolchilar to‘p surgan o‘yingoh yana omma e’tiborida bo‘ladi.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 16-iyun, 00:00. “S” guruhi. Serbiya — Angliya
  • 20-iyun, 00:00. “V” guruhi. Ispaniya — Italiya
  • 26-iyun, 00:00. “F” guruhi. Gruziya — Portugaliya
  • 30-iyun, 21:00. 1/8 final. “S” guruhi 1-o‘rin — D/E/F guruhlari 3-o‘rin

“Folksparkstadion”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

1953-yilda foydalanishga topshirilgan va 1974-yilgi JCH o‘yinlariga mezbonlik qilgan stadion, 1998-yilda qaytadan ta’mirlangan. 2006-yilgi mundial bahslarida ham bu yerda qator o‘yinlar o‘tkazilgan. “Gamburg” jamoasi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadion o‘z bag‘riga 49 ming kishini sig‘dira oladi.

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 16-iyun, 18:00. “D” guruhi. Polsha — Niderlandiya
  • 19-iyun, 18:00. “V” guruhi. Xorvatiya — Albaniya
  • 22-iyun, 18:00. “F” guruhi. Gruziya — Chexiya
  • 26-iyun, 00:00. “F” guruhi. Chexiya — Turkiya
  • 05-iyul, 00:00. ¼ final

“Kyoln Stadion”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Mazkur stadionning ham foydalanishga topshirilganiga 20 yil bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida “Kyoln” jamoasi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazib kelmoqda. 43 ming nafar muxlis sig‘adigan stadion 2006-yilgi JCH vaqtida ham foydalanilgan. Yevropa ligasining 2019−20 yilgi mavsumidagi final o‘yini ham ayni ushbu arenada o‘tkazilgan.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 15-iyun, 18:00. “A” guruhi. Vengriya — Shveysariya
  • 19-iyun, 00:00. “A” guruhi. Shotlandiya — Shveysariya
  • 22-iyun, 00:00. “Ye” guruhi. Belgiya — Ruminiya
  • 25-iyun, 00:00. “S” guruhi. Angliya — Sloveniya
  • 30-iyun, 00:00. 1/8 final. “V” guruhi 1-o‘rin — A/D/E/F guruhlari 3-o‘rin

“Leypsig Stadium”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Yuqorida “Ayntraxt” stadioni haqida so‘z borganda, unga nisbatan “so‘nggi yillarda omma e’tiboriga ko‘p tushayotgani” iborasini ishlatgan edik. Mazkur stadion haqida ham shunday deyish mumkin. YeCHL g‘olibi “Real Madrid”ni nimchorak finalda anchagina qiynagan “Leypsig” klubi ushbu arenada o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadi. 40 ming nafar tomoshabin bir vaqtning o‘zida futbol uchrashuvlarini ko‘rishi mumkin bo‘lgan stadion 2003-yilda foydalanishga topshirilgan.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 18-iyun, 00:00. “F” guruhi. Portugaliya — Chexiya
  • 21-iyun, 00:00. “D” guruhi. Niderlandiya — Fransiya
  • 24-iyun, 00:00. “V” guruhi. Xorvatiya — Italiya
  • 2-iyul, 00:00. 1/8 final. “D” guruhi 1-o‘rin — “F” guruhi 2-o‘rin

“Alyans Arena”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Ha, nihoyat ushbu stadionga ham yetib keldik! Aslida, ko‘pchilik buni biladi, undagi ko‘p o‘yinlarni ko‘rgan va hatto shu stadionning o‘zidan uchrashuvlarni kuzatgan kishilar ham bo‘lsa ajab emas. “Bavariya” klubi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadion bag‘riga 66 ming nafar muxlisni sig‘dira oladi. 2005-yilda foydalanishga topshirilgan stadion JCH-2006`ning ochilish uchrashuvini ham qabul qilgan.

Germaniya, ayniqsa, Myunxen turizmi rivojiga ayni ushbu stadion ham o‘z hissasini qo‘shgan deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Butun dunyodan Myunxenga tashrif buyurgan sayyohlar “Bavariya” o‘yingohini ko‘rmay ketmaydi. Axir unda qanchadan-qancha finallar o‘tkazilgan.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Jumladan, 2011−2012-yilgi YeCHL finalini eslaysizmi? “Bavariya” hamda “Chelsi” o‘rtasida bo‘lgan bahs aynan “Alyans Arena”da o‘tkazilgan va unda myunxenliklar ajoyib o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, londonliklarga imkoniyatni boy bergan. Aren Robbenning penaltidan unumli foydalana olmagani “Bavariya” muxlislarining qalbida qolib ketgan bo‘lsa, ajab emas.

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 14-iyun, 00:00. “A” guruhi. Germaniya — Shotlandiya
  • 17-iyun, 18:00. “Ye” guruhi. Ruminiya — Ukraina
  • 20-iyun, 18:00. “S” guruhi. Sloveniya — Serbiya
  • 25-iyun, 00:00. “S” guruhi. Daniya — Serbiya
  • 2-iyul, 21:00. 1/8 final. “E” guruhi 1-o‘rin — A/B/C/D guruhlari 3-o‘rin
  • 9-iyul, 00:00. ½ final

“Shtutgart Arena”

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Mazkur stadion ham “yoshi ulug‘”lar safiga kiradi. 1933-yilda foydalanishga topshirilgan arena bugungi kunda o‘z bag‘riga 51 ming muxlisni sig‘dira oladi. Unda “Shtutgart” jamoasi o‘z uy uchrashuvlari o‘tkazib keladi.

гермаniя, евро-2024, stadionlar

Ushbu stadionda Yevropa chempionati doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

  • 16-iyun, 21:00. “S” guruhi. Sloveniya — Daniya
  • 19-iyun, 21:00. “A” guruhi. Germaniya — Vengriya
  • 23-iyun, 00:00. “A” guruhi. Shotlandiya — Vengriya
  • 26-iyun, 21:00. “Ye” guruhi. Ukraina — Belgiya
  • 5-iyul, 21:00. ¼ final

Barchangizga maroqli futbol tomoshasini tilab qolamiz!

Material “Taktika” bilan hamkorlikda tayyorlandi.