Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan Olimjon Muxamadjanovich Umarov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat a’zolariga tanishtirildi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar qildi.

Olimjon Umarov Milliy universitet (2007) va Janubiy Koreyaning Songyungvan universitetini (2017) tamomlagan. 2006−2012-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida turli lavozimlarda ishlagan. 2012-yilda O‘zMAA Axborot tizimlari va axborot resurslari bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2012−2017-yillarda vazirlikning AKT departamentini boshqargan.

2020-yil may oyida hukumat rahbari maslahatchisi lavozimiga tayinlangan, 2021-yil noyabr oyida lavozimidan ozod etilgandi. O‘sha vaqtda iste’fo sababi oshkor etilmagan. “Nigoh” kanalida 2021-yil 3-noyabr kuni Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklash bilan bog‘liq voqea sabab bo‘lgani haqida ta’kidlagan.