Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazib, qator noqonuniy harakatlarni aniqladi.

Jumladan, Buxoro shahrida joylashgan Geodeziya va topo xaritalar tuzish bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mahalliy qurilish firmasiga qarashli 701 m² bo‘lgan yer maydonida ko‘p qavatli uy qurish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini vakolatli tanishlari orqali tayyorlatib berishni aytgan. Buning evaziga 25 ming dollar talab qilib, oldindan 12 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

”davlat

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, undan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini tayyorlab berish evaziga 5000 dollar olgan vaqtida viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi mansabdor tanishi ham ushlandi.

”davlat

O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Samarqand viloyati bo‘limi sud boshqaruvchisi Samarqand shahri iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Samarqand tumanidagi xo‘jalik mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi oilaviy korxonani tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.

U korxona faoliyatini tekshirish davomida amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda 1 mlrd 916 mln so‘m pul mablag‘i boshqa shaxslarga moliyaviy yordam sifatida o‘tkazib yuborilgani holatini aniqlaydi va ushbu pul mablag‘i qaytarilmasdan, korxonani bankrot deb elon qilish masalasini ijobiy hal qilib berish evaziga 1200 dollar talab qilgan. Sud boshqaruvchisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.

”davlat

O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Buxoro viloyati bo‘limi sud boshqaruvchisi G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Shofirkon tumanidagi bino-inshootlarni qurish va ta’mirlashga ixtisoslashgan MCHJni tugatishga mas’ul etib tayinlangan.

Lekin u mansab mavqeini suiiste’mol qilgan holda MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan qayta tekshiruv o‘tkazilmasligi hamda davlat reyestridan chiqarishda sud va soliq idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 1000 dollar talab qilib, muqaddam 200 dollar olgan. Sud boshqaruvchisi qolgan 800 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

”davlat

2023-yilning sentabr oyida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tomonidan yetkazilgan zarar qoplangani bois 2024-yilning yanvar oyida JIB Zafarobod tumani sudining hukmi bilan unga nisbatan 18 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi rahbari esa o‘zining himoyasida bo‘lgan mazkur sudlanuvchining qarindoshlaridan muqaddam shartnoma asosida 5 mln so‘m, shuningdek, shartnomasiz 4900 dollar olgan bo‘lsa-da, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida huquq-tartibot idoralaridagi tanishlariga pul berganini aytib, yana 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

”davlat

Mazkur shaxlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.