23-iyun kuni Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda bosh vazir matbuot xizmati.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan so‘ng, prezident va uning turmush o‘rtog‘i tashrif dasturidan o‘rin olgan navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

mo‘g‘uliston

mo‘g‘uliston

mo‘g‘uliston

Eslatib o‘tamiz, tashrif munosabati bilan Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.