Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yigit talaba qizni pichoqladi, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 22-iyun kuni soat 08:30 larda sodir bo‘lnan. Fuqaro M.E (yigit) o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. (qiz) bilan universitet hududida o‘zaro janjallashgan.

Yigit qizning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir jarohat yetkazgan. Shundan so‘ng o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi ham tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.