Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi temiryo‘l hududida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Bu haqda MilliyTV telekanalining Millar dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, hodisa 20-iyun kuni soat 09:30 atrofida sodir bo‘lgan. Velosiped yordamida poyezd yo‘lini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan bolani Zangiota temiryo‘l kesishmasida Bekobod-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan elektropoyezd urib yuborgan.

“O‘sha yerda rosa baqir-chaqir bo‘lib ketdi. Tepada turganlar bolaga chetga o‘t, deb rosa baqirishdi. Bilmay qoldimi, bir daqiqani ichida bola yo‘q bo‘ldi-da…Lekin u yerdan hamma o‘tadi, chetga o‘tinglar, shlagbaumdan uzoqroq turinglar, deb ko‘p baqirib turishadi, ko‘p ko‘raman. Hamma odamlardan poyezd kelayotgan paytda shlagbaumdan orqada turishlarini so‘rardim”, — dedi guvohlardan biri.

U olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.