Siyosat
Mirziyoyev Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Darband va Maxachqal’adagi teraktlar munosabati bilan Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi. Ikki cherkov, ikkita sinagoga va yo‘l-patrul postiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.
Mo‘g‘uliston prezidenti Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi (foto)
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni Ko‘ksaroy qarorgohida kutib oldi. Foto.
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi
Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Davlat tashrifi davomida savdo, turizm, havo qatnovi, xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid jami 14 ta hujjatga imzo chekildi.
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochiladi
Toshkentda 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston elchixonasi rasman ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bergan bayonotida ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
Mo‘g‘uliston prezidenti, shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri va TIV rahbari ishtirokida Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasi ochildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirmoqchi
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari imtiyozli savdo va bozorlarga kirish sharoitlarini o‘zaro yengillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib oldi. Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht yetkazib beradi va chorvachilik klasterlari yaratadi. Yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirish reja qilinmoqda.
Jamiyat
Seshanbadan havo isib, harorat +40…+43 darajagacha yetishi kutilmoqda
O‘zbekistonda seshanbadan to ish haftasining oxirigacha harorat ko‘tarilib, kunduzi +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha isishi mumkin. Ushbu kunlarda faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroq va yomg‘ir bo‘lishi, sel-suv toshqini yuzaga kelishi kutilmoqda.
Toshkentda 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
Yangihayot tumanida fuqaro qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirgani aniqlandi. U 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Rossiyalik 100 nafar bola Toshkent viloyatidagi yozgi oromgohda dam oladi
Moskvaning “Krokus siti holl"idagi teraktdan jabrlangan oilalarning 100 nafar farzandi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar oromgohida ikki hafta dam oladi. Bundan tashqari, ular Samarqandga ham tashrif buyuradi.
Chirchiqda kanalga tushib ketgan Spark olib chiqildi (video)
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida kanalga tushib ketgan Spark mahalliy aholi va FVB xodimlari ishtirokida olib chiqildi. Mashina haydovchisi orqaga harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Voqea tufayli hech kim jabrlanmadi.
Madaniyat
O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan 14 ta eksponat Britaniya muzeyida namoyish etiladi
Londondagi Britaniya muzeyida 26-sentabrdan “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Unda O‘zbekistonning muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat, jumladan, shatranj donalarining ko‘hna to‘plamlaridan biri va 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati namoyish etiladi.
Jahon
Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 1300 dan ortiq ziyoratchi vafot etdi
Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Haj vaqtida 1301 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar bo‘lib, jaziramada uzoq vaqt qolib ketgan.
Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘in oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!