24-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Yetakchilar Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolandi, jumladan:

  • Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo dastur;
  • Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Havo aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024−2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Veterinariya va chorvachilik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bayonnoma;
  • Toshkent va Ulan-Bator shaharlari ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Avvalroq O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari imtiyozli savdo va bozorlarga kirish sharoitlarini o‘zaro yengillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib olgandi. Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht yetkazib beradi va chorvachilik klasterlari yaratadi. Yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirish reja qilinmoqda.