Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning davlat tashrifi doirasida Mo‘g‘ulistonning Toshkent shahridagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

мўғулистон, elchixona

Mo‘g‘uliston prezidenti, O‘zbekiston bosh vaziri, TIV rahbari va boshqa rasmiylar Mo‘g‘uliston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

мўғулистон, elchixona

Yaqinda Daadanxuu Batbaatar ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Mo‘g‘uliston 2023-yilda O‘zbekistonda elchixona ochishni rejalashtirgandi. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ushbu masala muhokama qilingan.

Bundan ikki yil avval Mo‘g‘uliston TIV O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etgandi.