23-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tashrifning ertasi kuni Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati marosim aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Uchrashuv vaqtida qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.


ўзбекистон - мўғулистон

ўзбекистон - мўғулистон

ўзбекистон - мўғулистон

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

ўзбекистон - мўғулистон

ўзбекистон - мўғулистон

ўзбекистон - мўғулистон

ўзбекистон - мўғулистон

ўзбекистон - мўғулистон

ўзбекистон - мўғулистон

Eslatib o‘tamiz, ikki tomon Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.