TBC Bank vakillari pullarni qaysi bankda saqlash kerakligi, uning ishonchli ekanini qanday aniqlash mumkinligi hamda omonat saqlash uchun bank tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘zlab berdi.

Bank litsenziyaga ega bo‘lishi kerak

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi barcha banklar va to‘lov tizimlarida litsenziya bo‘lishi lozim. Busiz banklar ishlash huquqiga ega emas.

Litsenziyani O‘zbekiston Markaziy banki (MB) beradi. Litsenziya olish juda qiyin — buning uchun belgilangan talablarga javob berish va yana ro‘yxatdan o‘tishning bir nechta bosqichlaridan o‘tish lozim.

MB banklar faoliyatini kuzatib, ularning qonun doirasida ish olib borishlarini nazorat qiladi. Agar bank qonunni buzsa, litsenziyasi olib qo‘yiladi. Litsenziyani qayta qo‘lga kiritish esa juda murakkab, ba’zi holatlarda umuman imkonsizdir, shu sababli banklar o‘z faoliyatlarini tartibga soluvchi barcha qonun va qoidalarga ehtiyotkorlik bilan qat’iy rioya qiladi. Demak, agar bankning litsenziyasi bo‘lsa, u ishonchli tashkilot va aholiga moliyaviy xizmatlarni ko‘rsata oladi.

tbc bank, реклама

Bankning litsenziyasi borligini MB sayti orqali tekshirish mumkin.

O‘zbekiston Markaziy banki sayti.O‘zbekiston Markaziy banki sayti.

MB saytidagi kartochkada kompaniyaning bosh ofisi, litsenziya raqami va sayti ko‘rsatilgan bo‘ladi.

MB saytidagi qidiruv joyiga bank nomi yoziladi va “Filtrni bajarish” tugmasi bosiladi. Agar bankning litsenziyasi bo‘lsa, bank kartochkasi va barcha ma’lumotlari ochiladi. Agar u yerdagi ro‘yxatdan bankni topsangiz, unga ishonsa bo‘ladi.

Bundan tashqari, bank saytida MB litsenziyasi va bank faoliyatiga doir hujjat ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar saytda bunday ma’lumot bo‘lmasa, bu o‘ylab ko‘rishga undaydi: bank qonuniy ishlamoqdami?

Banklar reytingida bank dastlabki o‘ntalikka kirgan

O‘zbekistonda mustaqil faoliyat yurituvchi O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi mavjud bo‘lib, u banklarni turli mezonlarga ko‘ra tahlil qiladi va baholaydi. Reyting har chorakda yangilanadi.

Reyting ko‘plab ko‘rsatkichlarni hisobga oladi, masalan, bank kapitalining ortishi, kredit paketining o‘sishi — bank fuqarolarga qancha miqdorda kredit bergani yoki bankning sof foydasi qanchaga oshgani — shular jumalasidan. Jami o‘ndan ortiq baholash ko‘rsatkichlari mavjud.

tbc bank, реклама

Agar bankda muammolar yuzaga kelsa, bu darhol u e’lon qiladigan hisobotlarda ko‘zga tashlanadi. Natijada bank reytingi tushadi. Ishonchli va barqaror banklar reytingda yuqori o‘rinlarni egallaydi — birinchilikka qancha yaqinlashsa, shuncha yaxshi.

2023-yilning oxirgi choragida TBC Bank 4-o‘rinda edi, 2024-yil I choragida u 3-o‘ringa chiqdi, bu — bankning muvaffaqiyatli faoliyatidan dalolat.

2024-yilning I choragi uchun kichik banklar faoliyati reytingi.2024-yilning I choragi uchun kichik banklar faoliyati reytingi.

Ahbor-Reyting agentligi ham banklarni baholaydi: oxirgi hisobot banklar reytingi bo‘yicha 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra berilgan. Hisobotda yil davomida turli ko‘rsatkichlar va o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud. Agar siz TBC Bank ma’lumotlariga qarasangiz, bank yil davomida deyarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sganini ko‘rasiz — bu bank muvaffaqiyatli ishlayotganidan va unga ishonish mumkinligidan dalolat beradi.

Bank — xorijiy bank filiali

Boshqa davlatda ishlashni boshlash uchun ko‘p harakat va katta pul talab etiladi — kichik moliyaviy tashkilotlarning bunday moliyaviy katta qadam uchun resurslari odatda bo‘lmaydi. Qolaversa, yangi bank O‘zbekistonda uzoq vaqtdan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar bilan doimiy raqobatlashishi kerak bo‘ladi — buning uchun esa katta mablag‘lar talab etiladi, shundagina bank aholiga kreditlar berishi va depozitlar bo‘yicha yuqori foiz stavkalarini taklif qilishi mumkin. Kichik moliyaviy kompaniyalar ko‘pincha raqobatga bardosh bera olmaydi va ular buni tushunadi.

Ammo yirik, daromadli banklar yangi bozorlarga chiqmoqda — boshqa mamlakatlarda filiallar ochib, o‘z ofislari va bo‘limlarini rivojlantirmoqda. Bunday bankka ishonish mumkin, chunki u mahalliy banklar bilan raqobatlashish va bozorda o‘z o‘rnini egallash uchun yetarli imkoniyatlarga ega.

tbc bank, реклама

Misol uchun, TBC Bank — bank sohasida 30 yildan oshiq vaqt faoliyat yuritayotgan yirik Gruziya banklaridan birining filiali bo‘lib, O‘zbekistonda deyarli 5 yildan beri ishlab kelmoqda. O‘zbekistondagi faoliyati davomida bank o‘z filialini rivojlantirish uchun 30 mln dollardan ko‘proq sarmoya kiritdi.

tbc bank, реклама

Hozirda TBC Bank Group`ning O‘zbekistonda 13 milliondan ortiq mijozlari mavjud, bankda 1200 dan ortiq xodim ishlaydi.

Bankning ishonchliligini tekshirish uchun qo‘shimcha usullar

Quyidagi usullardan foydalanib, bankning ishonchliligini tekshirish mumkin:

  • yangiliklar foni. Muassasaning ishonchliligini yangiliklar orqali ham tekshirsa bo‘ladi. Bu uchun bank haqida oxirgi yarim yilda qanday xabarlar yozilganini ko‘rish kerak bo‘ladi. Bu sizga — oldin bankda uning kelajagiga ta’sir qiluvchi muammolar bo‘lganmi yoki yo‘q — tushunishga yordam beradi. Masalan, siz MB tomonidan bankning litsenziyasini to‘xtatilgani yoki bank jarimaga tortilgani, bank tarkibidan mashhur aksionerlar chiqib, o‘rniga notanish odamlar qo‘shilgani haqidagi xabarlarni ko‘rsangiz, bu — bankni yanada sinchiklab tekshirish uchun sabab.
  • kredit reytingi. Reyting bankrotlik ehtimolini bildiradi: u qancha yuqori bo‘lsa, bankrot bo‘lish ehtimoli shuncha past bo‘ladi. Bank reytinglari ixtisoslashgan reyting agentliklari tomonidan baholanadi, masalan, Fitch, Standart&Poors, Moody’s. Reyting agentliklari har doim ham ma’lum bankdagi o‘zgarishlar haqida to‘liq va dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi. Shu sababli turli agentliklarning bir nechta reyting baholarini tahlil qilish lozim.

tbc bank, реклама

Masalan, Fitch agentligi TBC Bank`ni shunday baholaydi — agentlikning fikricha, bank yaxshi istiqbollarga ega.

Agar bankning kredit bo‘yicha reytingi ikki yoki undan ko‘proq pog‘onaga pasaysa, bu — bankning ishonchliligi haqida o‘ylash uchun sabab.

Agar siz TBC Bank faoliyati haqida hamma narsani bilmoqchi bo‘lsangiz, videoni tomosha qilganingiz ma’qul.

“TBC Bank. Surishtiring-u, ishonavering”.

Sayt: tbcbank.uz
Facebook: fb.com/tbcbankuz
Instagram: @tbcbankuzbekistan
Telegram: t.me/tbc_bank_uzb

Reklama huquqlari asosida.