Seshanbadan boshlab havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

Dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +32…+37, shimolda, janubda +40 darajagacha bo‘ladi.

Tekislik hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Seshanbadan to ish haftasining oxirigacha kechalari +20…+25, ba’zi joylarda +27 darajagacha, kunduz kunlari +35…+40 atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +42−43 darajagacha bo‘ladi.

Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 24 va 27−28-iyun kunlari ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda 24-iyunda kunduz kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +34…+36 daraja issiq bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda shamol tezligi 10−12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

25−28-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +20…+25, kunduzi 25-iyunda +35…+37, 26−28-iyunda +37…+40 daraja issiq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 28-iyunda ba’zi joylarda 12−14 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.