Bilimni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024−2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 123,7 ming nafarga kam (2023-yilda 1 mln 18 ming nafar abituriyent hujjat topshirgandi).

Eng ko‘p hujjat Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan, eng kami esa Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida topshirilgan.

2024−2025 o‘quv yilida hujjat topshirganlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 45 655 nafar
  • Andijon viloyati — 67 688 nafar
  • Buxoro viloyati — 45 583 nafar
  • Farg‘ona viloyati — 83 837 nafar
  • So‘x tumani — 1 962 nafar
  • Jizzax viloyati — 48 276 nafar
  • Namangan viloyati — 58 268 nafar
  • Navoiy viloyati — 48 437 nafar
  • Qashqadaryo viloyati — 89 188 nafar
  • Samarqand viloyati — 93 092 nafar
  • Sirdaryo viloyati — 30 074 nafar
  • Surxondaryo viloyati (Termiz shahri) — 39 498 nafar
  • Surxondaryo viloyati (Denov tumani) — 22 756 nafar
  • Toshkent shahri -161 369 nafar
  • Xorazm viloyati — 58 596 nafar

Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi avvalgi yillar bitiruvchilaridir — 483 945 nafar. Yana 410 334 nafar abituriyent 2024 yil o‘qishni bitirgan.

Ularning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

  • erkaklar — 431 806 nafar
  • ayollar — 462 473 nafar

Hujjat topshirganlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili — 784 458 nafar
  • rus tili — 84 774 nafar
  • qoraqalpoq tili — 22 534 nafar
  • boshqa tillar — 2 513 nafar.

Bilimni baholash agentligi test sinovlarida ishtirok etish uchun hali to‘lov qilmaganlar borligi sabab 27-iyun sanasida statistik ma’lumotlar o‘zgarishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda 1 mln 18 ming nafar, 2022-yilda esa abituriyentlar soni 1 mln 214 ming bo‘lgan. 2021-yilda qariyb 950 ming, 2020-yilda deyarli 1,5 mln, 2019-yilda esa 1 mln 66 mingdan ko‘p talabgorlar o‘qishga hujjat topshirgan.