Sherzod Shuxratovich Raxmanov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Raxmanov 1991-yilda Narpay tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar — 2020-yildan buyon Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.

2023-yildan buyon Pastdarg‘omga rahbarlik qilgan Vahobjon Murotqobilov esa o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bugun, shuningdek, Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.