Asialuxe Travel dam olish uchun nafaqat kattalarni, balki kichkintoy sayohatchilarni ham qiziqtirib qo‘yadigan ajoyib mehmonxonalar ro‘yxatini tayyorladi.

Turkiya anchadan beri oilaviy dam olish uchun ommabop yo‘nalish nomiga egalik qiladi. Kurortlar o‘zining mehmondo‘stligi, yuqori xizmat ko‘rsatish darajasi va xavfsizligi bilan mashhur. Mehmonxonalar bolali oilalar qulay dam olishlari uchun barcha sharoitlarni taklif qiladi: “barchasi kiritilgan” tizimi, professional animatorlar bilan bolalar klublari, xususiy akvaparklar va toza plyajlar.

Asialuxe Travel turoperatori ajoyib dam olish uchun barcha talablarga javob beradigan top-10 mehmonxonalar ro‘yxatini tayyorladi.

Ela Excellence Resort Belek — birinchi liniyada joylashgan va “bolalar” mehmonxonalari bo‘yicha lyuks variantlardan biri hisoblanadi. Mehmonxona hududida suv gorkalariga ega basseynlar, ko‘ngilochar markaz va ota-onalar uchun videokuzatuv tizimiga ega miniklub ishlaydi. Yoshi kattaroq bolalar uchun kinozal va stol o‘yinlari ko‘zda tutilgan. Kattalar esa vaqtini golf maydonida o‘tkazishi yoki Spa xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

asialuxe travel, реклама

Rixos Premium Tekirova — o‘simliklar va moviy dengiz bilan qurshab olingan jannat bo‘lagi. Kichik mehmonlar mahorat darslari, o‘yinlar va sport tadbirlari o‘tkaziladigan Rixy Kids Club`da yoki mustaqil ravishda meva va sabzavotlar terish mumkin bo‘lgan minifermada vaqt o‘tkazishlari mumkin. Mehmonxona hududida beshta gorka va “erinchoq” ko‘lga ega akvapark mavjud.

asialuxe travel, реклама

Titanic Mardan Palace — Turkcha Riveradagi eng hashamatli mehmonxonalardan biri, dam olish uchun cheksiz imkoniyatlarni taklif qiladi: oltita suv gorkasiga ega akvapark, oppoq qumli plyaj va jonli konsertlar. Bolalar uchun Tini Kids klubida o‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, o‘smirlar PlayStation va Xbox o‘ynashlari mumkin. Ota-onalar uchun esa enaga yoki radioenaga xizmatlari mavjud.

asialuxe travel, реклама

Calista Luxury Resort — qarag‘aylar o‘rmoni bilan qurshab olingan xalqaro toifadagi mehmonxona “ultra barchasi kiritilgan” tizimi bo‘yicha ishlaydi. Kichik mehmonlar vaqtni professional xodimlar kuzatuvi ostida bolalar plyaji yoki bolalar klubida o‘tkazishlari mumkin. Beshta turli gorkalarga ega akvapark bor, kattalar uchun — Beach Club va Blue Bar mavjud.

asialuxe travel, реклама

Bellis Deluxe Hotel — o‘zgacha qulaylik bilan tabiatdan zavqlanish joyi. Mehmonlar uchun ham standart xonalar, ham ko‘lda joylashgan uylar va shaxsiy basseynga ega villalar mavjud. Asosiy afzallik — flamingo, to‘tiqush, tuyaqush va shimpanzelarni ko‘rish mumkin bo‘lgan hayvonot bog‘i hisoblanadi. Kattalar va bolalar ot va ponida ham yurib ko‘rishlari mumkin.

asialuxe travel, реклама

Titanic Deluxe Golf Belek — mehmonxonada kattalar va bolalar qulay dam olishi uchun hamma narsa ko‘zda tutilgan: ekstremal gorkalarga ega akvapark, akvaminorali bolalar basseyni, 0 va undan katta yoshdagi bolalar uchun Tini Kids Club. O‘smirlar uchun tabiat bo‘ylab turlar va sport tadbirlari tashkillashtiriladi. Kunduzi ota-onalar suv mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi yoki golf o‘ynashi mumkin, kechasi esa tematik kechalar yoki shou-dasturlarga yo‘l olish imkoniyati bor.

asialuxe travel, реклама

Port Nature Luxury Resort Hotel&Spa — bolalar konsepti bo‘yicha yaratilgan mehmonxona nafaqat akvaparkda ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, mahorat darslariga ega bolalar klubini, balki organik va yangi mahsulotlardan iborat bolalar menyusini ham taklif qiladi. Kattalarni esa mehmonxona hududida har mavsum o‘tkaziladigan jahon yulduzlari konsertlari qiziqtirishi mumkin.

asialuxe travel, реклама

Papillon Belvil Resort&Spa va Papillon Ayscha Resort&Spa — yuqori servis darajasini taklif qiladigan mehmonxonalar tarmog‘i. Bolalar vaqtlarini ko‘ngilochar bog‘, yosh bo‘yicha klublar va hatto professional murabbiylar kuzatuvi ostida sport akademiyasida o‘tkazishlari mumkin. Ota-onalar esa Spa-markazga borishlari, tennis o‘ynashlari yoki mashq zalida vaqt o‘tkazishlari mumkin.

asialuxe travel, реклама

Pine Beach Belek — o‘rmon bilan qurshab olingan mehmonxona birinchi liniyada joylashgan. Bolalar uchun animatorlar bilan shoular va mahorat darslari tashkillashtiriladi. Plyaj voleyboli va tennis o‘ynash, kamondan otish yoki akvaparkda suzish mumkin.

asialuxe travel, реклама

Barcha mehmonxonalar hududlarida shvedcha stol va A La Carte tizimini taklif qiladigan bir nechta restoranlar va barlar ishlaydi. Zarurat yuzaga kelsa, ota-onalar enaga xizmatlaridan foydalanishi yoki arava va radioenaga ijaraga olishi mumkin. Bu nafaqat bolalar bilan dam olish, balki vaqtni o‘zingizga bag‘ishlash uchun ham ideal imkoniyat.

Uzbekistan Airways kompaniyasining qulay avialaynerlarida Toshkent — Antalya — Toshkent yo‘nalishida amalga oshiriladigan reyslar jadvali:

  • 27 dan 30-iyungacha;
  • 2 dan 31-iyulgacha;
  • 1 dan 31-avgustgacha.

Reyslarning to‘liq jadvali bilan turoperator saytida tanishishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni mamlakatning barcha turistik agentliklarida xarid qilishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlar va takliflar haqida batafsil ma’lumotni saytda, 1111 qisqa raqami yoki (+998) 71−201−77−77 orqali olishingiz mumkin.

Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/asialuxe

Reklama huquqlari asosida.