Siyosat
Sherbek Buranov Narpay tumani hokimi bo‘ldi
Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.
Pastdarg‘om tumaniga hokim tayinlandi
Sherzod Raxmanov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining yangi hokimi bo‘ldi. U bungacha viloyatning Narpay tumanini 2020-yildan buyon boshqarib kelayotgandi.
O‘zbekiston va Rossiya IIVlari kiberxavfsizlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirlari migratsiya oqimini tartibga solish, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Vladimir Kolokolsevga O‘zbekiston IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazi ham ko‘rsatildi.
Kim Nam Sok O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi
2013−2017-yillarda O‘zbekiston ATK vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Kim Nam Sok mamlakatning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi. U elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, respublikada AKTni joriy etish bo‘yicha standartlar va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etgan.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya mudofaa vaziri bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti va Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy-texnika, xavfsizlik, terrorizm, radikalizmga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
Jamiyat
IIB binosida vafot etgani aytilayotgan fuqaro ishi doirasida bir xodim qamoqqa olindi
Bekobod shahri IIB binosida vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkak ishi doirasida bir nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi. Marhumning akasi “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida bu voqeada jami 8 nafar xodim ishtiroki bo‘lganini aytmoqda.
2024-yilda 894,2 ming abituriyent OTM, kollej va texnikumlarda o‘qishga hujjat topshirdi
Bu yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirishda testda qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatdan o‘tdi. Hujjat topshirganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha pasaygan.
Toshkentda erkak gul sotuvchi qizni bo‘g‘ib, yana ikki yigitni kaltakladi
Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida erkak gul do‘konidagi sotuvchi qizni bo‘g‘ib, so‘ngra uni tinchlantirishga harakat qilgan yana ikki yigitni urgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Toshkent viloyatida 5 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)
Parkent tumanida yuk mashinasi piyodalarni o‘tkazib yuborayotgan ikkita Cobalt, Spark va Lacetti`ning orqasidan kelib urdi. Voqea oqibatida hech kim jarohatlanmadi.
Shavkat Mirziyoyev Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi
Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).
O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi
Senat O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yana tanqid qildi. Qayd etilishicha, 5 oy davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan. 2023-yilda esa yo‘llarda 263 nafar bola halok bo‘lgan, 1568 nafari jarohatlangan.
Toshkentda 2,1 tonna giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi (foto)
Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2,1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ularning asosiy qismini kannabis, marixuana, gashish va opiy tashkil qiladi. Foto.
Zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Prezident: “Tanqidiy materiallar „mudrab“ yotgan rahbarlarni „uyg‘otishga“ yordam bermoqda”
O‘zbekiston rahbari OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, jurnalistika nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa va xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Prezident axborot maydonini sifatli va raqobatdosh kontent bilan to‘ldirish zarurligini ta’kidladi.
Jahon
Qirg‘iziston va YI kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu, tomonlar ta’kidlaganidek, hamkorlikni kengaytirish uchun “yangi huquqiy asos” bo‘ladi.
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi. Siyosatchi Yevropa Ittifoqining nufuzli yetakchilaridan biri sanaladi. U Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlaydi, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan til topisha oladi va nizolardan qocha olish qobiliyati uchun “Teflon Mark” laqabini olgan.
Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
Ostona apellyatsiya sudi rafiqasi Saltanat Nukenovani qiynoqqa solib o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!