Toshkent shahri Yangihayot tumanida noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonna 158,4 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Tadbir “26-iyun — Xalqaro giyohvandlik vositalarini suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan tashkil qilindi.
Yoqilgan giyohvandlik vositalari tarkibi:
- 37,5 kg geroin;
- 184,6 kg opiy;
- 413,8 kg gashish;
- 28,58 gr ko‘knor boshog‘i;
- 95,9 kg ko‘knor somoni;
- 11,2 kg ko‘knor o‘simligi ko‘saklari;
- 424,7 kg marixuana;
- 961,3 kg kannabis;
- 18,73 gr kannabis moyi;
- 347,85 gr tetragidrokannabinol;
- 6,48 gr kokain hamda turli xildagi psixtrop va psixofaol moddalar, sintetik giyohvandlik vositalari.
Bojxona organlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2023-yilda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida aniqlangan jami 785 ta holatda 9 tonna 179,4 kg giyohvandlik vositalari, 17 772 dona psixotrop moddalar, 827,3 gr prekursorlar hamda 197 594 dona va 109 kg 170,353 gr kuchli ta’sir qiluvchi moddalar musodara qilingan.