Buranov Sherbek Erkinovich Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tasdiqlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Sherbek Buranov 1985-yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan.

2003-yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021-yildan buyon Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi hisoblanadi.

U mazkur lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelayotgan va boshqa ishga o‘tayotgan Sherzod Raxmanovning o‘rnini egalladi.