25-iyun kuni Ostonada Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) Banklararo birlashmasi kengashining XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda SHHTga a’zo davlatlarning moliya institutlari, jumladan, Xindiston infratuzilmani moliyalashtirish kompaniyasi, Qozog‘iston taraqqiyot banki, Xitoy davlat taraqqiyot banki, Kirg‘izistonning “Eldik bank” OAJ, Pokistonning Xabib banki, VEB Rossiya davlat tarraqiyot korporatsiyasi, Tojikistoning “Amonatbonk jamg‘arma banki” DUK va “O‘zmilliybank” ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli tadbir doirasida “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (“O‘zmilliybank”) va Xitoy davlat taraqqiyot banki (XDTB) o‘rtasida 2 mlrd xitoy yuani miqdorida kredit liniyasini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.

nbu, реклама

Ushbu kredit liniya, birinchi navbatda, O‘zbekiston prezidenti tomonidan joriy yil 20-may kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni bajarishga qaratilgan va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi muhim loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni ta’minlaydi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

nbu, реклама

Bundan tashqari, XDTB kredit liniyasi:

  • kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga;
  • aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishga;
  • ikki mamlakat o‘zaro savdo hajmi o‘sishiga xizmat qiladi.

Mazkur kredit liniyasining afzalligi shundaki, moliyalashtirishning foiz stavkasi jozibador, shuningdek, u Xitoy bilan savdo aloqalarida milliy valyutalardan foydalanish, valyuta ayirboshlash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirib, savdo aylanmasining kengayishiga olib keladi.

Xitoy davlat tarraqiyot banki 1994-yilda tashkil etilgan. Bosh ofisi Pekinda joylashgan. XDTBning asosiy maqsadlari: yirik sanoat tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan davlat loyihalarini moliyalashtirish; iqtisodiy rivojlanish va strategik tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash; markaziy hukumatning makroiqtisodiy siyosatini tartibga solish. Bankning kapitali 236,3 mlrd AQSh dollar, aktivlari 2,9 trln dollar, sof foydasi 12,3 mlrd dollar.

Reklama huquqlari asosida.