Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi
Payshanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi. Shuningdek, Zomin tumanida Xalqaro maqom san’ati festivalini ochib beradi.
Iqtisodiyot
Jizzax viloyatidagi BYD zavodi ilk avtomobillarini ishlab chiqardi
Prezident Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory avtomobil zavodiga tashrif buyurdi. Hozir u yerda 2 modeldagi avtomobil ishlab chiqarilmoqda. 1-bosqichda ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming dona, 3-bosqichga yetib 500 ming donani tashkil etadi. Mahalliylashtirish darajasi ham bosqichma-bosqich ortishi kutilmoqda.
“Bugungi kunda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar yo‘q” — Energetika vazirligi
Energetika vazirligi Statistika agentligining may oyida elektr ishlab chiqarish kamayishi bo‘yicha ma’lumotlarini izohlab, quyosh va shamol elektrostansiyalari hisobiga elektr ishlab chiqarishning o‘sishi 5,8 foizni tashkil etganini bildirdi. Ta’minot kamayishi tariflar oshganidan keyingi “tejamkorlik” bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi shartnomasining kuchga kirishi to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha birinchi shtab ish boshladi, unda qurilish maydoni va zarur infratuzilmani yaratish masalalari muhokama qilindi. “Rosatom” rahbari birinchi o‘rinbosarining tashrifi chog‘ida AES qurilishi shartnomasining kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
“Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi
“Mening bog‘im” loyihasining 2024-yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi. Loyiha doirasida aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish bo‘yicha qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbuslar moliyalashtiriladi. Ovoz berish 6-iyul 10:00 gacha davom etadi.
Jamiyat
Toshkentda 31 yoshli erkak 11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgani aytilmoqda
Toshkentda 31 yoshli erkak ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanmoqda. Qonuniy nikohidan 5 farzandi bo‘lgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Yandex Go xizmati Urganch va Xivada ishga tushdi
Yandex Go taksi xizmati Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida ish boshladi. Sayohatlar uchun yo‘l haqi naqd yoki ilovaga bog‘langan karta orqali to‘lanadi, minimal narx 2500 so‘mdan boshlanadi.
Toshkentda Spark skuter haydovchisini qasddan urib yubordi (video)
Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Spark haydovchisi skuter haydovchisini quvib borib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketdi va uni urib yubordi. Skuter boshqaruvchisi kasalxonaga yotqizildi. Shahar YHXB yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga va masofa saqlashga chaqirdi. Video.
“Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi
“Yuksalish” harakati Toshkent shahrida jamoat transporti yo‘lovchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, “poygalar”, yo‘l harakati qoidalari va jadvalining buzilishi, konditsionerlar yoqilmasligi, ajratilgan yo‘laklarni nazorat qilmaslik kabi muammolarni ko‘rsatdi.
Farg‘onada Lacetti`ning gaz balloni portlab, 1 kishi halok bo‘ldi
Rishton tumanidagi bozor oldida to‘xtab turgan Lacetti mashinasining gaz balloni portladi. FVB atrofdagi bir necha kishi jarohat olgani, IIB esa bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrining bir necha tumanlari va Toshkent tumanining bir qismi elektr energiyasiz qoldi
Poytaxtdagi yuqori voltli liniyalarda yuklama ortishi oqibatida Toshkent shahrining uchta tumani va Toshkent tumanining ayrim iste’molchilari elektr ta’minotisiz qoldi.
Sirdaryoda bir kishi gazdan zaharlanib vafot etdi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi
Guliston shahridagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo suv ta’minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi gazdan zaharlandi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Shavkat Mirziyoyev Zomindagi texnopark qurilishiga start berdi
Prezident Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi. Maxsus zonani infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Prezident faoliyatida alohida yutuqqa erishgan bir qator yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi
Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda alohida yutuqqa erishgan 28 nafar yigitni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi.
Sport
O‘zbekistonga JCH-2026 saralashining 3-bosqichida kimlar raqib bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
OFK mintaqasi bo‘yicha JCH-2026 saralashining 3-bosqichiga qur’a tashlandi. Unda O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi va Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston, KXDR terma jamoalari bilan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bellashadi.
“O‘zbekiston futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga to‘liq ishonaman” — Srechko Katanets
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi, ammo u terma jamoaning jahon chempionatiga chiqishiga ishonch bildirmoqda.
Jahon
Rossiya Ukrainadagi urushga Rossiya fuqaroligiga ega 10 mingga yaqin muhojirni yuborgan
Rossiya hukumati Rossiya fuqaroligini olgan 30 mingdan ortiq odamni “ovlab”, harbiy ro‘yxatga olgan va ularning 10 mingga yaqini allaqachon Ukrainadagi urushga jo‘natilgan, dedi Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin.
Kuzda Qozog‘istonda AESlar qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2024-yilning kuzida mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini ma’lum qildi. Aniq sana hukumat tomonidan belgilanadi.
NATO Ukrainaga yordam missiyasini yaratadi — NYT
NATO hozircha Ukrainaga a’zolikni taklif qilmaydi, biroq mamlakatga harbiy yordam yetkazib berish, ukrainalik askarlarni tayyorlash va ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvlari realizatsiyasini muvofiqlashtiruvchi missiya tuzadi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!