Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi suv stansiyasida 3 kishi gazdan zaharlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.

Avval xabar berilganidek, holat shaharning “Bog‘ishamol” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqava suv haydash nasos stansiyasida sodir bo‘lgan. “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi tozalash kamerasidan o‘tgan suv quvuriga tushgan vaqtda chiqindilardan chiqqan gazdan zaharlangan. Ulardan biri vafot etgan, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.