Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida alohida yutuqqa erishgan iqtidorli yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi.

O‘z bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan quyidagi shaxslar mukofotlandi

  • Aymuratov Musa Tatlimurat uli — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
  • Yo‘ldoshev Abbos Bahrom o‘g‘li — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
  • Qobulov Baxtiyorjon Ortiqboy o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 4-bosqich kursanti (Andijon viloyati);
  • Samandarov Nuriddin Maxammatjon o‘g‘li — Andijon davlat universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
  • Otamurodov Nurmuhammad Shuxrat o‘g‘li — Olot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati);
  • Qosimov Jasur Toxirovich — “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, kandakor usta (Buxoro viloyati);
  • Mo‘minov Shahboz Axmadqul o‘g‘li — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Jizzax viloyati);
  • Ro‘ziqulov Dilshod Shuhrat o‘g‘li — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti (Jizzax viloyati);
  • Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘g‘li — Shahrisabz davlat pedagogika institutining informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi (Qashqadaryo viloyati);
  • Nurmatov Mironshox Nuriddin o‘g‘li — Koson tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Qashqadaryo viloyati);
  • Suyunov Shohruh Lazizjon o‘g‘li — Toshkent shahridagi “Suyunov Art Studio” o‘quv markazi rahbari (Navoiy viloyati);
  • O‘ktamov Shohruh Rustam o‘g‘li — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi (Navoiy viloyati);
  • Yusupov Jasurbek Muratbekovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi uchuvchi-shturmani (Namangan viloyati);
  • Urunov Asadbek Davlatali o‘g‘li — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  • Elmurotov Shahzod Hamza o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismi guruh komandiri (Samarqand viloyati);
  • Arziqulov Fazliddin Faxriddin o‘g‘li — Toshkent davlat texnika universitetining 2-bosqich magistranti (Samarqand viloyati);
  • Valijonov Azizbek Farhod o‘g‘li -Toshkent tibbiyot akademiyasining 6-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);
  • Qulbolayev Asadullo Komil o‘g‘li — Boyovut tumanidagi 1-sport maktabining jang san’ati bo‘yicha murabbiysi (Sirdaryo viloyati);
  • Boboyev Nabi Tohir o‘g‘li — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining katta o‘qituvchisi (Surxondaryo viloyati);
  • Islomov Inomjon Umidjon o‘g‘li — Sho‘rchi tumanidagi 125-ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati);
  • Guliyev Artur Marlenovich — Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Toshkent viloyati);
  • Saparov Javoxirbek Xikmatjon o‘g‘li — Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchisi (Toshkent viloyati);
  • Maxmudov Sodirjon Abdullajon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Farg‘ona viloyati);
  • O‘lmasov Ahadjon Akramjon o‘g‘li — Farg‘ona politexnika institutining tayanch doktoranti (Farg‘ona viloyati);
  • Sabirov Azizbek Davronbekovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati);
  • Yo‘ldoshov Og‘abek Ne’matjon o‘g‘li — Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati);
  • Nazarov Azizbek Farrux o‘g‘li — Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri);
  • Svechnikov Vladimir Aleksandrovich — O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri).

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi. Sovrindorlar, shuningdek, BHMning 50 baravari (17 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti oladi.