Poytaxtning uchta tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minoti uzilib qoldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, soat 14:23 da poytaxtdagi 110 kV yuqori voltli “L-DOK-1” va “L-DOK-2” liniyalarida “nosozlik” yuzaga kelgan. Buning oqibatida Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi iste’molchilar elektr energiyasiz qolgan.

Toshkent tumani hokimligining ma’lum qilishicha, bugungi kunda havo haroratining keskin isib ketishi sababli elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortmoqda. Oqibatda elektr qurilmalari yuklama (nagruzka) bilan ishlamoqda. Shu sababli quyidagi mahallalarda elektr energiyasida uzilishlar yuzaga kelgan:

Nurhayot, Majnuntol, Ozodlik, Iftixor, Uchchinor, Masalboy, Hiyobon, Zargar, Sohibkor, Ko‘kterak, Halimko‘p, Sag‘bon, A. Navoiy, Qizg‘aldoq, Farovon, Gulobod, Uchsada, Gultepa, Shirin, Chuvalachi, Navoiy, Qizg‘aldoq, Huvaydo, Fayzobod, Oqibat, Tinchlik, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Bahor, Hasanboy guzari, Kensoy, Yuqori Hasanboy, Avliyo-ota, Oydin hayot, Hojiota, Rahbarobod, Iqbol, Tutzor, Sabzovot, Darxon, Ibrat, Bog‘bon, Ayriota, Qashqarlik, Mustaqillik, Sanoat, G‘isht ko‘prik, Sirg‘ali, Sarke.

Energetika vazirligi Statistika agentligining may oyida elektr ishlab chiqarish kamayishi bo‘yicha ma’lumotlarini izohlab, quyosh va shamol elektrostansiyalari hisobiga elektr ishlab chiqarishning o‘sishi 5,8 foizni tashkil etganini bildirdi. Ta’minot kamayishi tariflar oshganidan keyingi “tejamkorlik” bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.