27-iyun kuni Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichiga qur’a tashlandi. Marosim Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida o‘tkazildi.

Jami 18 jamoa 6 tadan 3 guruhga taqsimlandi. Qur’adan avval jamaolar quyidagi tartibda 6 ta savatchaga ajratildi:

Foto: OFKFoto: OFK

Qur’a natijasiga ko‘ra O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi. Unga bu guruhda Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston, KXDR raqiblik qiladi.

Qolgan guruhlar esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

жч-2026 саралаш, qur’a

O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yin kunlari:

  • 1-tur. 5-sentabr: O‘zbekiston — KXDR;
  • 2-tur. 10-sentabr: Qirg‘iziston — O‘zbekiston;
  • 3-tur. 10-oktabr: O‘zbekiston — Eron;
  • 4-tur. 15-oktabr: O‘zbekiston — BAA;
  • 5-tur. 14-noyabr: Qatar — O‘zbekiston;
  • 6-tur. 19-noyabr: KXDR — O‘zbekiston;
  • 7-tur. 2025-yil 20-mart: O‘zbekiston — Qirg‘iziston;
  • 8-tur. 2025-yil 25-mart: Eron — O‘zbekiston;
  • 9-tur. 2025-yil 5-iyun: BAA — O‘zbekiston;
  • 10-tur. 2025-yil 10-iyun: O‘zbekiston — Qatar.

Ma’lumot uchun, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar (jami 6 ta jamoa) to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Har bir guruhdan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoalar (jami 6 ta jamoa) to‘rtinchi bosqichda ishtirok etadi.

To‘rtinchi bosqichda ushbu 6 ta jamoa ikkita guruhga bo‘linadi, har bir guruhda 3 ta jamoa bo‘ladi. Har bir guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

To‘rtinchi bosqichdagi guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-off o‘yinida o‘zaro to‘qnashadi va g‘olib bo‘lgan jamoa qit’alararo pley-offga yo‘llanma oladi.